Voqealar
10.11.2026
|
360
Markaziy Osiyo xalqaro institutida amerikalik ekspertlar bilan uçraşuv bölib ötdi
4 noyabr kuni Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) direktori Javlon Vaxabov Milliy manfaatlar markazi prezidenti Pol Sonders, Markaz katta ilmiy xodimi, Markaziy Osiyodagi Amerika universitetining sobiq prezidenti Endryu Kuçins hamda Jons Hopkins universiteti Ilğor xalqaro tadqiqotlar maktabi öqituvçisi Marşa Makgrou Oliv bilan uçraşdi.

Javlon Vaxabov sönggi yillarda Markaziy Osiyo faol muloqot va kengayib borayotgan mintaqaviy hamkorlik makoniga aylanganini qayd etdi. Uning söziga köra, ekspert va akademik muassasalar örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş mintaqada keçayotgan jarayonlarni çuqurroq örganiş, baholarni qiyoslaş hamda umumiy vazifalarni hal etişga doir amaliy yondaşuvlarni işlab çiqiş imkonini beradi.

Pol Sonders AQŞ va Markaziy Osiyo davlatlari örtasida bevosita ekspert hamkorligini qöllab-quvvatlaş muhimligini ta’kidladi. Uning fikriça, tahliliy markazlar mintaqaviy jarayonlar muhokamasiga salmoqli hissa qöşa oladi, tomonlarning pozitsiyalarini yaxşiroq tuşuniş va özaro manfaatli hamkorlik yönalişlarini aniqlaşga yordam beradi.

Endryu Kuçins Markaziy Osiyoda yuz berayotgan özgarişlar sinçiklab örganişga loyiq ekaniga e’tibor qaratdi. Uning ta’kidlaşiça, mintaqa tadqiqotçilari va amerikalik ekspertlar örtasidagi fikr almaşuvi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni, şuningdek, mintaqaviy hamkorlik istiqbollarini çuqurroq anglaşga xizmat qiladi.

Marşa Makgrou Oliv akademik aloqalar va universitetlararo hamkorlikning ahamiyatini qayd etdi. Uning söziga köra, qöşma tadqiqotlar, ekspert muhokamalari va bilim almaşinuvi uzoq muddatli hamkorlik hamda özaro manfaatli yangi taşabbuslarni tayyorlaş uçun asos bölişi mumkin.

Milliy manfaatlar markazi (Center for the National Interest) — 1994-yilda taşkil etilgan, taşqi siyosat sohasiga ixtisoslaşgan Amerika tahliliy markazi. Markaz The National Interest jurnalini naşr etadi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom
Savolingiz bormi? AI Maslahatchi
IICA AI
IICA Virtual Assistant
Onlayn