Davra suhbatida ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy öquv yurtlari, mamlakatimizda akkreditatsiyadan ötgan diplomatik korpus vakillari, şuningdek, Iordaniya universiteti Strategik tadqiqotlar markazi, Turkiyaning SETA siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar jamğarmasi hamda Rossiya Fanlar akademiyasi (RFA) Şarqşunoslik instituti ekspertlari iştirok etdi.
Davra suhbatini oçar ekan, MOXI direktori Javlon Vaxabov Iordaniya Podşohi Abdulloh II ning kitobi xalqaro munosabatlardagi zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda Yaqin Şarqda keçayotgan jarayonlarni tahlil qilişga yangi yondashuvlarni taklif etişini ta’kidladi. Uning qayd etişiça, mazkur fundamental asarning nomi ham mintaqa kelajagi uçun alohida mas’uliyatni aks ettiradi.
Vaxabovning sözlariga köra, Iordaniyaning Falastin masalasi böyiça pozitsiyasi BMT rezolyutsiyalari va «ikki davlat» tamoyili asosida Yaqin Şarq mojarosini adolatli va mustahkam hal etiş tarafdori bölib kelayotgan Özbekiston pozitsiyasiga köp jihatdan hamohangdir. Institut rahbari Amman tashqi siyosatida qat’iy tamoyillar va pragmatizmni uyğunlaştiriş borasidagi ijobiy tajribaga e’tibor qaratdi. Şuningdek, Markaziy Osiyo, Iordaniya va Fors körfazi davlatlari örtasidagi mintaqalararo hamkorlikning katta salohiyatini ta’kidladi. Ushbu hamkorlikning siyosiy asoslari 2023-yilda Jidda şahrida ötkazilgan «Markaziy Osiyo – Fors körfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi» birinçi sammitida yaratilgan.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) professori Uluğbek Xasanov Yaqin Şarq mojarosining hal etilişi falastinliklar uçun mustahkam davlatchilik va kelajakdagi xavfsizlik kafolatlariga erişişning real istiqbollarini oçib berişini ta’kidladi.
Bunga misol sifatida u 2025-yil mart oyida Xöjand şahrida Özbekiston Respublikasi, Qirğiz Respublikasi va Tojikiston Respublikasi örtasida uç davlat davlat çegaralarining tutash nuqtasi töğrisidagi şartnoma imzolanganini keltirdi. Uning fikriça, mazkur hujjat tinçlikka erişişda siyosiy irodaning naqadar muhimligini namoyon etadi. U.Xasanov MOXI, JIDU va Iordaniya tahliliy markazlariga mintaqaviy beqarorlik şaroitida kelişuvlarning barqarorligini ta’minlaş mexanizmlari böyiça qöşma tadqiqot tayyorlaşni taklif etdi.
Iordaniya universitetining Strategik tadqiqotlar markazi direktori Hasan al-Momaniy Podşoh Abdulloh II ning ğoyalari Iordaniyaning öziga xos taşqi siyosiy falsafasini aks ettirişini ta’kidladi. Ushbu falsafada tinçlik bir vaqtning özida qadriyat, milliy manfaat va taraqqiyotning muhim şarti sifatida qaraladi.
Uning sözlariga köra, Amman BMT Xavfsizlik Kengaşining 242 (1967) va 338 (1973)-sonli rezolyutsiyalariga asoslangan «ikki davlat» tamoyilini izçil qöllab-quvvatlaydi. Bunda «tinçlik öz-özidan kelmaydi» degan tamoyildan kelib çiqib, ğoyalarni amaliy harakatlarga aylantiriş zarurligi ta’kidlanadi. Yaqin Şarq va Markaziy Osiyoni qiyoslar ekan, Hasan al-Momaniy har ikki mintaqaning boy tarixiy va madaniy merosiga e’tibor qaratdi. Şuningdek, barcha tahliliy markazlar ommaviy diplomatiyaning bir qismi ekanligi haqidagi taniqli fikrni keltirdi.
Turkiyaning Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar jamğarmasi (SETA) eksperti Murat Aslan Iordaniya Podşoh Abdulloh II rahbarligida muvozanat strategiyasini amalga oşirayotganini ta’kidladi. Uning fikriça, bugungi kunda Yaqin Şarq davlatlar va jamoalar örtasida vositaçilik qila oladigan nüfuzli iştirokçilarga ehtiyoj sezmoqda.
Turkiyalik ekspert Iordaniya taşqi işler vaziri A. Safadi tashabbusi bilan Suriya va Ğazo sektori böyiça taşkil etilgan qöşni davlatlar aloqa guruhlari faoliyatiga institutsional tus berişni taklif etdi. Murat Aslan transport boğliqligini rivojlantiriş loyihalari, jumladan, Iroq va Turkiya hamkorligida amalga oşirilayotgan «Taraqqiyot yöli» loyihasi bilan boğliq imkoniyatlarga ham e’tibor qaratdi.
Taniqli diplomat, JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya xodimi Abdurafiq Hoşimov Podşoh Abdulloh II kitobida bayon etilgan Iordaniya taşqi siyosatining asosiy yönalişlarini sanab ötdi. Ular qatoriga «ikki davlat» tamoyili asosidagi yeçimni qöllab-quvvatlaş, Ğazo sektori va Iordan daryosining Ğarbiy sohilida yaşovçi falastinliklar manfaatlarini hisobga oliş, dunyoga maşhur diniy muqaddas qadamjolarni himoya qiliş, gumanitar yordam körsatiş hamda Suriyadagi vaziyatni siyosiy yöl bilan tartibga soliş kiradi.
Abdurafiq Hoşimov Iordaniya diplomatiyasining oldindan aytib böladigan va işonçli xususiyatini, şuningdek, Iordaniya Podşohining 2025-yil avgust oyida Özbekistonga taşrifidan söng özbek-iordan munosabatlarida kuzatilayotgan ijobiy dinamikani ta’kidladi.
Rossiya Fanlar akademiyasi Şarqşunoslik instituti ilmiy xodimi Darya Saprinskaya teng va bölinmas xavfsizlik tamoyiliga, şuningdek, e’lon qilingan prinsiplar bilan xalqaro munosabatlarning amaldagi voqeligi örtasidagi ziddiyatlarga e’tibor qaratdi.
Uning fikriça, Markaziy Osiyo va Yaqin Şarq özaro boğliq tahdidlarga, avvalo, transport va energetika infratuzilmasi xavfsizligi sohasidagi muammolarga duç kelmoqda. Şu bois barqaror rivojlaniş mintaqaviy xavfsizlikning ajralmas tarkibiy qismiga aylanmoqda. Rossiyalik ekspert Afğoniston muammolariga ham töxtalib, mamlakat barqarorligi uning iqtisodiy integratsiyasi va mintaqaviy transport tarmoqlariga qöşilişi bilan çambarças boğliqligini qayd etdi. Şu nuqtayi nazardan, Özbekistonning Transafğon transport yölagini qurish tashabbusi ahamiyatini ta’kidladi.
JIDU huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti Antropologiya va konfliktologiya laboratoriyasi mudiri Azamat Seitov işonç masalasini barqaror rivojlanişning ijtimoiy ölçovi sifatida körib çiqdi.
Özbekistonlik ekspertning sözlariga köra, Iordaniyaning içki barqarorligi mötadillik madaniyati, mehmondöstlik an’analari va muloqotga hurmat bilan yondaşişga asoslanadi. Markaziy Osiyo esa sönggi yillarda işonçni mustahkamlaş böyiça öziga xos yölni bosib ötdi va Farğona vodiysidagi çegaralarni keskinlik çiziqlaridan muloqot va hamkorlik makoniga aylantirdi. Ekspert Iordaniya va Markaziy Osiyo respublikalarini birlaştirib turuvçi uçta umumiy omilni ajratib körsatdi — ma’naviy meros, aholi tarkibida yoşlarning yuqori ulushi va suv tanqisligi muammosi.
Muhokamalar yakunida iştirokçilar Özbekiston va Iordaniya örtasidagi ekspert-tahliliy hamkorlikni mustahkamlaş, nizolarni tinç yöl bilan hal etiş tajribasini almaşiş hamda barqaror mintaqaviy xavfsizlikni şakllantiriş muhimligini ta’kidladilar.

Özaro işonçni mustahkamlaş, siyosiy muloqotni rivojlantiriş va qöşma tadqiqot taşabbuslarini ilgari suriş ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirişga, şuningdek, Markaziy Osiyo va Yaqin Şarq örtasidagi mintaqalararo aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qilişi qayd etildi.
Ma’lumot uçun: Iordaniya Podşohi Abdulloh II ning «Bizning sönggi eng yaxşi imkoniyatimiz. Xavf-xatar davrida tinçlikka intiliş» (Our Last Best Chance: The Pursuit of Peace in a Time of Peril) kitobi ilk bor 2011-yilda naşr etilgan. Ushbu fundamental asarda Iordaniya davlat rahbarining Yaqin Şarq mojarosini «ikki davlat» tamoyili asosida hal etiş, şuningdek, Iordaniya, Isroil, Livan va kelajakdagi Falastin davlati örtasida iqtisodiy integratsiyani rivojlantirişga oid qaraşlari bayon etilgan.