Tomonlar O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari, "Markaziy Osiyo + Yaponiya" formatini rivojlantirish, shuningdek, MOXI va Yaponiya parlamenti o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
J. Vaxabov O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlari rivojlanishining barqaror ijobiy dinamikasini qayd etib, Yaponiyaning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan salmoqli hissasini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ta’lim, fan va kadrlar tayyorlash sohalaridagi hamkorlik orqali inson kapitalini rivojlantirish hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
- Sudzuki Yaponiyada ishbilarmonlik va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish uchun istiqbolli yo‘nalish sifatida O‘zbekistonga qiziqish ortib borayotgani, shuningdek, Yaponiyaga ishlash va o‘qish uchun kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni ortib borayotganini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama va "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqoti doirasida O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligini yanada mustahkamlash, jumladan, parlament hamkorligini rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.
"Yaponiya-O‘zbekiston" parlament do‘stlik ligasi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida 2002-yilda Yaponiya qonun chiqaruvchi organida tashkil etilgan parlamentlararo birlashma hisoblanadi. Liga Yaponiya parlamenti Vakillar palatasi va Maslahatchilar palatasining 40 dan ortiq deputatini birlashtirib, ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy muloqot va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashning asosiy mexanizmlaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.