Suhbat davomida tomonlar Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning joriy jarayonlari hamda mintaqa davlatlari bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Transport bog‘liqligi, savdo, suv-energetika sohasidagi hamkorlik va chegaraoldi hududlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Stiprais Markaziy Osiyodagi tahliliy va ilmiy-tadqiqot tuzilmalari hamda Yevropaning tegishli tahlil markazlari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirishdan manfaatdorligini bildirib, mintaqalararo hamkorlikning dolzarb masalalari bo‘yicha muntazam ekspert almashinuvlarini rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.
Vaxabov ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, MOXI ikki mintaqa ekspert hamjamiyatlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
Tomonlar ekspert muloqotini yanada rivojlantirish va o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini qayd etdilar.