Amaliyoti doirasida MOXI ilmiy xodimi “Markaziy Osiyo xavfsizlik arxitekturasi: zamonaviy tahdidlar va strategik imkoniyatlar” mavzusidagi Markaziy Osiyo xavfsizlik forumida ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalarini, jumladan, mintaqa ichidagi va transregional tahdidlar hamda imkoniyatlar, barqarorlikning ijtimoiy-iqtisodiy va transport-tranzit jihatlari, shuningdek, geosiyosiy o‘zgarishlar sharoitida Markaziy Osiyo rivojlanishining strategik istiqbollarini muhokama qildilar.
Forumdagi ishtirok bilan bir qatorda, S. Ismailov Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi, Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi xodimlari, shuningdek, ushbu mamlakat ekspert hamjamiyati vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

O‘tkazilgan suhbatlar davomida mintaqaviy jarayonlarni ekspertlik jihatidan qo‘llab-quvvatlash yondashuvlari, axborot-tahliliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari, shuningdek, Markaziy Osiyoning tadqiqot va tahliliy tuzilmalari o‘rtasida professional aloqalarni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Mintaqa mamlakatlari ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniyatlariga, jumladan, muntazam fikr almashish, qo‘shma ekspertlik muhokamalarini o‘tkazish hamda mintaqaviy rivojlanishning dolzarb masalalari bo‘yicha tadqiqot kun tartiblarini muvofiqlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek MOXI vakili Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi Iqtisodiyot va demografiya instituti faoliyati bilan tanishdi. Tashrif doirasida Markaziy Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, demografik jarayonlar, “yashil” iqtisodiyot, shuningdek, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish istiqbollari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasi faoliyati tajribasi ham o‘rganildi. Diplomatik missiyaning axborot-tahliliy faoliyati, jumladan, ikki tomonlama munosabatlardagi dolzarb tendensiyalarni monitoring qilish, Elchixonaning tahliliy materiallar tayyorlashdagi ishtiroki, shuningdek, ikki mamlakat ekspert hamjamiyatlari o‘rtasidagi ilmiy-tadqiqot tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Amaliyot yakunlari ilmiy-tadqiqot va ekspertlik-tahliliy tuzilmalar o‘rtasidagi professional aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish hamda uzoq muddatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qildi.
