Yevroosiyoning 11 ta davlatidan 41 nafar tadqiqotçi va olimni birlaştirgan mazkur dastur Xitoyning iqtisodiy va texnologik modernizatsiya borasidagi tajribasini örganiş, şuningdek, ekspertlar hamjamiyatlari örtasida kasbiy aloqalarni rivojlantirişga qaratildi.
Amaliyot doirasida iştirokçilar raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt, “yaşil” texnologiyalar hamda davlat boşqaruviga oid zamonaviy yondaşuvlarni rivojlantirişga bağişlangan turkum ma’ruzalar va ekspertlar muhokamalarida qatnaşdilar.
Xitoyning sanoatni texnologik yangilaş, raqamli infratuzilmani rivojlantiriş, energiya samaradorligini oşiriş, kambağallikni qisqartiriş hamda qişloq hududlarida iqtisodiy faollikni rağbatlantiriş borasidagi tajribasiga alohida e’tibor qaratildi.

Dasturda Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokamasiga alohida örin ajratildi. Transport aloqalari, sanoat kooperatsiyasi va transçegaraviy elektron tijoratni rivojlantiriş masalalari, jumladan, mintaqaviy özaro boğliqlikni mustahkamlaşda “Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temir yöli qurilişining ahamiyati körib çiqildi.
Stajirovkaning amaliy qismi doirasida Guyçjou provinsiyasining Guyyan şahriga safar uyuştirilib, u yerda iştirokçilar raqamli infratuzilma va “yaşil” energetikani rivojlantiriş böyiça hududiy tajriba bilan tanişdilar. Şuningdek, Guanşanxu tumanida hududlarning tabiiy salohiyatidan foydalaniş asosida kreativ iqtisodiyotni rivojlantiriş hamda mahalliy aholi uçun qöşimça daromad manbalarini yaratiş yondaşuvlari örganildi.
Ta’lim dasturi bilan bir qatorda, XXR Ijtimoiy fanlar akademiyasi Rossiya, Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti direktori Sun Çjuançji bilan Özbekiston va Xitoy tahliliy tuzilmalari örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Muhokamalar çoğida qöşma tadqiqotlar ötkaziş, tahliliy materiallar almaşiş va ekspertlik tadbirlarini taşkil etiş istiqbollari körib çiqildi. Xitoy tomoni özbekistonlik mutaxassislar uçun kambağallikni qisqartiriş va aholi farovonligini oşiriş masalalari böyiça onlayn-seminarlar ötkazişga tayyorligini bildirdi.
Stajirovka yakunlari Xitoyning iqtisodiy va texnologik modernizatsiya borasidagi amaliy tajribasini örganiş, kasbiy aloqalarni mustahkamlaş hamda kelgusidagi ekspertlik hamkorligining istiqbolli yönalişlarini belgilab olişga xizmat qildi.