Voqealar
03.07.2026
|
165
MOXI ilmiy xodimlari AQShda amaliyot o‘tashdi
Markaziy Osiyo xalqaro instituti yetakchi ilmiy xodimlari Kallibek Kamalov va Nodir Abdusattorov Amerika Qo‘shma Shtatlarida ilmiy stajirovkani yakunladilar.

Amaliyot davomida xodimlar Vashingtondagi yetakchi tahlil markazlarida, jumladan, Kaspiy siyosati markazi, Atlantika kengashi va Karnegi jamg‘armasida uchrashuvlar o‘tkazib, mintaqalararo kun tartibining dolzarb masalalari va ekspertlar hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdilar.

AQSH Kongressi vakillari, jumladan, senator Stiv Deyns va kongressmenlar Trent Kelli, Keroll Miller va Visent Gonsalez bilan uchrashuvlar dasturning alohida yo‘nalishi bo‘ldi.

Ular shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi elchixonasi va Vashington shtatining Sietl shahridagi yangi Bosh konsullik faoliyati bilan ham tanishdilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom