Voqealar
04.01.2025
|
115
MOXI Pokiston tahlil markazlari delegatsiyasini qabul qildi
Markaziy Osiyo Xalqaro Instituti Pokiston Senatining a'zosi Sarmad Ali boshchiligidagi Pokistan tahlil markazlari delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda ikki mamlakatning Markaziy va Janubiy Osiyo uchun farovon va xavfsiz kelajakni yaratishdagi qo‘shma yondashuvlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston mintaqalararo o‘sish va savdoni rivojlantirish, Afg‘onistonni Markaziy Osiyo bozorlariga integratsiya qilish va Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi mintaqaviy aloqalarni kuchaytirishga intilishi ta'kidlab o'tildi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom