Voqealar
14.04.2026
|
284
MOXI va Afg‘oniston Strategik tadqiqotlar markazi ilmiy-tadqiqot sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda
Toshkent shahrida Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) hamda Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi (STM) o‘rtasida Hamkorlik protokoli imzolandi. Hujjatni MOXI direktori Javlon Vaxabov va STM direktori Abdul Hay Qanit imzoladilar.

Uchrashuv davomida MOXI direktori Javlon Vaxabov mazkur kelishuv ikki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy va ekspertlar doiralari o‘rtasida tajriba almashish, shuningdek, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish uchun yangi imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Protokol qo‘shma ilmiy tadbirlarni tashkil etish, tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, muntazam tahliliy materiallar va ekspertlar fikrlari almashinuvni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.

O‘z navbatida, STM direktori Abdul Hay Qanit ham Hamkorlik protokolning imzolanishi ikki tadqiqot tuzilmasi o‘rtasida kelgusidagi to‘laqonli sheriklik uchun mustahkam zamin yaratishini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar mintaqaviy xavfsizlik, savdo-iqtisodiy hamkorlik, transport-logistika salohiyati hamda suv-energetikaga oid dolzarb mavzular bo‘yicha muntazam ravishda o‘tkaziladigan qator muhokamalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom