Suhbat davomida Afğonistondagi vaziyat va uning barqaror rivojlanişini ta’minlaşda Markaziy Osiyo mamlakatlarining roli yuzasidan fikr almaşildi.
J. Vaxabov Afğonistonning tinç va barqaror rivojlanişi Markaziy Osiyoning barça davlatlari umumiy manfaatlariga mos ekanini ta’kidladi. Mamlakatning uzoq muddatli barqarorligi uning iqtisodiyotini tiklaş, savdo aloqalarini rivojlantiriş va umumiy mintaqaviy jarayonlarga qöşilişi bilan çambarças boğliq.
Şu bois Özbekiston Afğonistonning yakkalanib qolişiga yöl qöymaslik va uni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga bosqiçma-bosqiç integratsiya qiliş tarafdori bölib kelmoqda. Uning sözlariga köra, bu yondaşuv mamlakat rahbariyati olib borayotgan yaxşi qöşniçilik siyosatining bir qismi bölib, Afğonistonni Markaziy Osiyoning ajralmas qismi sifatida qabul qilişga asoslanadi.
CMI vakillari ham Markaziy Osiyo davlatlari Afğoniston kelajagida muhim rol öynaşini ta’kidladi. Özbekistonning muloqotga va afğon tomonini mintaqaviy hamkorlikka izçil jalb etişga asoslangan siyosati alohida e’tirof etildi.
Ularning fikriça, mintaqa mamlakatlari töplagan tajriba Afğoniston barqarorligi va iqtisodiy rivojlanişi yölida mintaqaviy hamda xalqaro sa’y-harakatlarni birlaştiriş uçun asos yaratadi.
Uçraşuv yakunida tomonlar MOXI va CMI örtasidagi ekspertlik hamkorligini davom ettirişga, jumladan, Afğonistonni mintaqaviy jarayonlarga jalb etiş masalalari böyiça qöşma tadbirlar ötkaziş va tahliliy materiallar almaşişga kelişib oldi.
Martti Axtisaari nomidagi Tinçlik jamğarmasi 2000-yilda Finlandiyaning sobiq Prezidenti, Nobel tinçlik mukofoti laureati Martti Axtisaari tomonidan taşkil etilgan. Mustaqil taşkilot norasmiy vositaçilik va muloqot orqali mojarolarning oldini olişga ixtisoslaşgan.