Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
28.11.2026
|
79
Özbekistonning Mozori Şarifdagi konsulxonasi Boş konsulxonaga aylantirilmoqda
Prezident Şavkat Mirziyoyevning farmoni bilan 2026-yil 1-dekabrdan boşlab Özbekistonning Mozori Şarifdagi konsulxonasi Boş konsulxona maqomini oladi. Uşbu qaror Afğoniston bilan aloqalarni yanada faollaştiriş hamda konsullik xizmatlari samaradorligini oşiriş maqsadida qabul qilindi.

Maqomning oşirilişi ikki davlat örtasida savdo-iqtisodiy va transport-logistika sohalaridagi hamkorlik izçil rivojlanib borayotganini aks ettiradi. Taşqi işlar vazirligi ta’kidlaganidek, bu özaro tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş, tranzit salohiyatidan foydalaniş hamda fuqarolar va tadbirkorlarning manfaatlarini himoya qiliş imkoniyatlarini kengaytiradi.

Mozori Şarif Markaziy Osiyodan Afğonistonga va u yerdan Janubiy Osiyoga eltuvçi yöldagi asosiy boğlovçi nuqta bölib qolmoqda. Afğonistonning Termizdagi diplomatik missiyasi ham Boş konsulxona maqomiga ega ekanligi bois, endilikda uşbu yönalişdagi munosabatlar har ikki tomondan bir xil darajadagi vakolatxonalarga tayanadi.

Batafsil: https://www.instagram.com/p/DgRvHIzDqCD/?img_index=1 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom
Savolingiz bormi? AI Maslahatchi
IICA AI
IICA Virtual Assistant
Onlayn