O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Voqealar
27.08.2026
|
347
MOXI va F. Ebert nomidagi jamg‘arma hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Markaziy Osiyo xalqaro institutida (MOXI) Institut direktori Javlon Vaxabovning Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy idorasi direktori Filipp Yan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar ikki tashkilot o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish istiqbollarini, jumladan, mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha qo‘shma tadqiqot va ekspertlik tashabbuslarini ishlab chiqish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv avvalida Javlon Vaxabov institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, uning tadqiqot sohasi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va xorijiy hamkorlarning tahliliy markazlari ishtirokida ko‘p tomonlama ekspert maydonchalarini tashkil etish tajribasi bilan tanishtirdi.

Institut direktori Yevropaning tadqiqot tuzilmalari bilan hamkorlikda ishlash muhimligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mintaqa ekspert hamjamiyatlarining muntazam o‘zaro hamkorligi Markaziy Osiyoda kechayotgan jarayonlarni yanada aniqroq anglashga hamda mintaqalararo muloqotni rivojlantirishga doir amaliy yondashuvlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Filipp Yan, o‘z navbatida, Jamg‘arma faoliyatida Markaziy Osiyo ustuvor ahamiyat kasb etishini tasdiqladi. Mintaqaning yetakchi tahliliy markazlari bilan aloqalarni rivojlantirish, jumladan, qo‘shma tadqiqotlar, anjumanlar va ekspertlar muhokamalarini o‘tkazishdan manfaatdor ekani qayd etildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni kengaytirish, ekspertlar almashinuvini faollashtirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Fridrix Ebert nomidagi jamg‘arma – Germaniyaning eng qadimiy siyosiy jamg‘armasi bo‘lib, dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida faoliyat yuritadi. Jamg‘armaning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy idorasi Olmaota shahrida joylashgan bo‘lib, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondagi faoliyatni muvofiqlashtiradi. Asosiy yo‘nalishlari – mintaqaviy xavfsizlik, siyosiy muloqot, barqaror rivojlanish va iqlim bo‘yicha kun tartibi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom