Voqealar
04.03.2026
|
151
MOXI va Garvard Universiteti hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston va AQSh ikki davlatning yetakchi tadqiqot-tahliliy muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni izchil mustahkamlamoqda. Ekspertlar muloqotini kengaytirish doirasida Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) Garvard Universitetining Devis Markazi bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda MOXI direktori Javlon Vaxabov Stiven L.Solnikni Devis Markazi direktori lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan tabriklab, hamkorlikni yanada faollashishiga ishonch bildirdi.

O‘z navbatida, doktor S.Solnik 2025-yilda MOXI bilan ekspertlar hamkorligi faol rivojlanganligini ta’kidladi.

Jumladan, J.Vaxabovning AQSHning Massachusets shtati, Kembrij shahridagi Devis Markaziga samarali tashrifi, shuningdek, Markaz delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi davomida MOXI va mamlakatimizning boshqa tadqiqot muassasalari bilan mazmunli aloqalar o‘rnatil

Solnik so‘zlariga ko‘ra, 2025-yil oktabr oyida MOXIda o‘tkazilgan birinchi “Markaziy Osiyo–AQSh” ekspertlar forumining tashkil etilishi hamkorlik rivojiga qo‘shimcha turtki bergan voqea bo‘ldi.

Shuningdek, doktor S.Solnik AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlikning hozirgi holatini yuqori baholab, konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari o‘tkazish, ekspertlar almashuvi va birgalikdagi ilmiy nashrlarni o‘z ichiga olgan asosiy sohalarda hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida MOXI va Devis markazi o‘rtasida ilmiy va ekspertlar hamkorlik mexanizmini mustahkamlashga qaratilgan Hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Garvard Universitetida 1948- yilda tashkil etilgan Devis Markazi Rossiya va Yevroosiyo tadqiqotlari bo‘yicha AQShdagi eng nufuzli ilmiy muassasalardan biri bo‘lib, Rossiya, Yevroosiya va qo‘shni hududlarni kompleks o‘rganishga ixtisoslashgan.

Markaz olimlar, tahlilchilar va amaliyotchilarni birgalikdagi va samarali intellektual muhitda birlashtirgan holda tadqiqotlar va siyosiy tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha yetakchi ko‘p sohali platforma sifatida xizmat qiladi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom