Muzokaralar davomida MOXI direktori J.Vahabov Ko‘rfaz mintaqalariningyetakchi tahlil markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish muhimliginita’kidladi. Bu mintaqalarimiz o’rtasidagi o‘zaro anglashuvni chuqurlashtirish vaekspert bilimlari almashinuvini kuchaytirishga xizmat qiladi.

O‘z navbatida, doktor Sager GRCning Markaziy Osiyodagi tadqiqot institutlari bilansheriklikni kengaytirishga bo‘lgan intilishini qayd etdi. Uning fikricha, bundaymuloqot mintaqaviy jarayonlarni chuqurroq tahlil qilish va qo‘shma tavsiyalarishlab chiqishga yordam beradi.
Tomonlar Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlikkengashi (GCC) a’zo davlatlari o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikning asosiymasalalarini muhokama qildilar. Ayniqsa, 2023-yil 19-iyul kuni Jidda shahridabo‘lib o‘tgan ilk “Markaziy Osiyo – GCC” sammitida O‘zbekiston RespublikasiPrezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarga alohidae’tibor qaratildi. Muhokamalar do‘stlik, mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik vahamkorlik to‘g‘risidagi ko‘p tomonlama bitimni ishlab chiqish, ikki mintaqabiznes vakillari ishtirokida Investorlar kengashini tashkil etish, hamda “yashil” energetika sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarigaqaratildi.

MOXI va GRC rahbariyati qo‘shma tadqiqot loyihalarini boshlash, konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar tashkil etish orqali ikki mintaqaekspertlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga bo‘lgan qiziqishlarinibildirdilar. Bunday tadbirlar tajriba almashish va eng yaxshi amaliyotlarnio‘rganish bilan birga, yaqinlashib kelayotgan– “Markaziy Osiyo – GCC” Samarqand sammiti oldidan hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirishgaxizmat qilishi ta’kidlandi.
Ko‘rfaz Tadqiqot Markazi (Gulf Research Center, GRC) – 2000-yil iyuloyida saudiyalik biznesmen doktor Abdulaziz Sager tomonidan tashkil etilganJidda shahridagi mustaqil, notijorat tahlil markazi. GRC Ko‘rfaz mintaqasiningstrategik ahamiyatga ega bo‘lgan keng doiradagi masalalari bo‘yicha tadqiqotlarolib boradi. U o‘z faoliyatini GCC a’zo mamlakatlari bilan bir qatorda, Eron, Iroq va Yamanni ham qamrab olgan holda amalga oshiradi.