Tomonlar mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashib, Markaziy Osiyodagi zamonaviy tendensiyalari, shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ekspert hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Uchrashuv avvalida J. Vaxabov O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari keng qamrovli strategik sheriklik ruhida izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
Turli darajadagi faol siyosiy muloqot va aloqalar O‘zbekiston va Turkiyaning ekspert doiralari o‘rtasida qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish hamda professional aloqalarni mustahkamlash uchun mustahkam zamin yaratayotgani ta’kidlandi.
O‘z navbatida, K. Temiz ikki mamlakat tahliliy muassasalari o‘rtasidagi muloqotni yanada rivojlantirish, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha muntazam ekspert maslahatlashuvlarini yo‘lga qo‘yish muhimligini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida MOXI va ORSAM o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik uchun mustahkam asos yaratishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, MICA direktori J. Vahobov va ORSAM prezidenti K. Temizning joriy yilning 19-iyun kuni Anqarada bo‘lib o‘tgan ilk uchrashuvida ikki mamlakat tahliliy tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikka asos solingan edi.
ORSAM – Yaqin Sharq tadqiqotlari markazi 2009-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Yaqin Sharqdagi siyosiy va iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishga ixtisoslashgan Turkiyaning yetakchi tahliliy markazlaridan biridir.