MOXI direktori Javlon Vahabov va KISI direktori Yerkin Tukumov tomonidan imzolangan ushbu hujjatda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha aniq yo‘nalishlar va mexanizmlar belgilangan bo‘lib, C5 va C5+1 formatlaridagi hamkorlik, jumladan rejalashtirilayotgan prezidentlar sammitlariga tayyorgarlik jarayonida sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga alohida urg‘u berilgan.
Mazkur Harakatlar rejasi 2023-yilda imzolangan Anglashuv memorandumi mantiqiy davomidir va qo‘shma tadqiqotlar, ekspert seminarlari, tahliliy materiallar almashinuvi hamda yashil iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, oqilona suv resurslaridan foydalanish va oziq-ovqat xavfsizligi kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish choralarini qamrab oladi.

Shuningdek, ushbu hujjatda tahliliy markazlarning mintaqaviy kun tartibini shakllantirishdagi o‘rni, ilmiy almashinuvni kengaytirish va xalqaro ekspert platformalarida birgalikda ishtirok etish masalalari alohida ta’kidlangan.
Bunday tashabbuslar mintaqadagi tadqiqot muassasalarining institutsional hamkorlikni chuqurlashtirish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash va Markaziy Osiyoda strategik tashabbuslarni amalga oshirishga birgalikda hissa qo‘shish borasidagi intilishini aks ettiradi.