Muloqot chogʻida tomonlar ikki ilmiy-tadqiqot muassasasi oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar va hamkorlikni rivojlantirish mumkin boʻlgan yoʻnalishlarni belgilab oldilar. Ular qatorida ekspertlar tashriflari, qoʻshma tadqiqotlar, tahliliy materiallar almashinuvi hamda xalqaro munosabatlar va mintaqaviy tadqiqotlar sohasida mutaxassislar almashinuvi dasturlari mavjud.

Shanxay Xalqaro Tadqiqotlar Akademiyasi prezidenti Chen Dunsyao Markaziy Osiyo Xitoyning tashqi siyosatida muhim oʻrin egallashini ta’kidladi hamda mintaqadagi yetakchi ilmiy markazlar bilan muloqotni mustahkamlash dolzarbligini urgʻuladi. Shuningdek, u “Markaziy Osiyo Plyus” platformasini xalqaro hamkorlikni kengaytirish uchun samarali mexanizm sifatida qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Oʻz navbatida, MOXI direktori Javlon Vahabov muntazam ekspert almashinuvini yoʻlga qoʻyishga qiziqish bildirar ekan, ikki tahliliy markaz oʻrtasida kasbiy aloqalarni mustahkamlash muhimligini qayd etdi.

Uchrashuv yakunida MOXI va SIIS oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida rasmiy bitim imzolandi. Ushbu hujjat ikki institut oʻrtasida rasmiy sheriklikning boshlanishiga xizmat qilib, akademik hamkorlik uchun yangi ufqlarni ochdi.
Shanxay Xalqaro Tadqiqotlar Akademiyasi (SIIS) – Xitoyning yetakchi tahliliy markazlaridan biri boʻlib, tashqi siyosat va xalqaro aloqalar sohasida davlat boshqaruvi organlariga ekspert yordamini koʻrsatadi.