Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Xitoy tahliliy markazlari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada chuqurlashtirish istiqbollarini, shuningdek, MOXI va ShXTA o‘rtasidagi 2026-yilga mo‘ljallangan Qo‘shma harakatlar rejasini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Ekspertlar ikki mamlakat tahliliy tuzilmalari o‘rtasidagi faol va tizimli muloqot muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladilar. Mazkur muloqot o‘zaro anglashuvni mustahkamlash, ekspert almashinuvini kengaytirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston va Xitoy hamkorligini yanada mustahkamlashga qaratilgan amaliy hamda ekspertlik-tahliliy hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.