Uchrashuv davomida Markaziy Osiyoda kechayotgan mintaqaviy yaqinlashuv jarayonlarining natijalari, shuningdek, Farg‘ona tinchlik forumining ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash maydoni sifatidagi istiqbollari muhokama qilindi.
Vaxabov Farg‘ona tinchlik forumini yanada amaliy mazmun bilan boyitish va manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi barqaror muloqotni saqlab qolish muhimligini ta’kidladi. Farg‘ona vodiysida o‘zaro anglashuvni mustahkamlash va hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslarni izchil rivojlantirish zarurligi qayd etildi.
Ryumin Markaziy Osiyo davlatlari erishgan o‘zaro ishonch darajasini yuqori baholab, ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirdi.
MOXI direktori, o‘z navbatida, Institutning YXHT bilan ishonchni mustahkamlash va mintaqaviy hamkorlik masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga, shuningdek, Farg‘ona jarayoni doirasida ekspert muloqotini yanada rivojlantirishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.