Voqealar
07.08.2026
|
136
MOXIda birinchi yarim yillik faoliyat sarhisob qilindi
Markaziy Osiyo xalqaro instituti jamoasining joriy yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati yakunlari va kelgusi davr uchun ustuvor vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Muhokama davomida asosiy e’tibor Institutning ilmiy-tadqiqot va ekspert-tahlil faoliyatining muhim yo‘nalishlari, Ilmiy-ekspert kengashi faoliyati, hududlarni rivojilantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalariga qaratildi.

Xodimlar birinchi yarim yillikda tayyorlangan tahliliy materiallar, amaliy takliflar va konseptual ishlanmalar, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik masalalarini qamrab olgan loyihalarning amalga oshirilishi bo‘yicha umumiy hisobotlarni taqdim etdilar.

Markaziy Osiyo tadqiqotlariga ixtisoslashgan yetakchi tahliliy muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirish masalasi muhokamada muhim o‘rin egalladi. MOXI hamkorlik tarmog‘i kengaygani, xususan, Yevropa, AQSh, Rossiya, Xitoy va boshqa mamlakatlarning tadqiqot tashkilotlari bilan imzolangan hamkorlik shartnomalari qayd etildi.

Shuningdek, Institut negizida o‘tkazilgan xalqaro forumlar, anjumanlar va davra suhbatlari natijalari hamda ekspertlarning O‘zbekistondagi va xorijdagi tadbirlarda ishtiroki ko‘rib chiqildi. MOXI xodimlarining O‘zbekistonning AQSh, Rossiya, Xitoy, Qirg‘iziston, Tojikiston, Yaponiya va Afg‘onistondagi diplomatik vakolatxonalarida o‘tagan xorijiy amaliyotlari yakunlari sarhisob qilindi.

Tadbir doirasida Institutning hududlardagi faoliyati, xususan, Andijon va Namangan viloyatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini kompleks o‘rganish masalalari ham muhokama qilindi.

Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanishning dolzarb masalalari bo‘yicha mustaqil tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlovchi Ilmiy-ekspert kengashi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha ikkinchi yarim yillik uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi. Tahliliy materiallar sifati va tezkorligini oshirish, tadqiqotlarning amaliy ahamiyatini kuchaytirish, Ilmiy-ekspert kengashi ishini faollashtirish, xalqaro aloqalarni kengaytirish hamda mamlakat hududlarini kompleks o‘rganishni davom ettirish shular jumlasidandir.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom