Voqealar
18.05.2026
|
165
MOXIda Bundestag deputati Yohannes Folksman bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 12-may kuni Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori (MOXI) Javlon Vahobov Germaniya Bundestagi deputati Yoxannes Folksman bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Germaniya hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, "Markaziy Osiyo - Germaniya" va "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" formatlaridagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Direktor J. Vahobov O‘zbekiston-Germaniya munosabatlarining izchil sur’atini hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy va transport-logistika sohalarini qamrab olgan ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning kengayib borayotganini ta’kidladi.

Transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlik, qo‘shma korxonalar tashkil etish va investitsiyaviy hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘z navbatida Y. Folksman Markaziy Osiyo Germaniya va Yevropa Ittifoqi uchun tobora talabgir hamkorga aylanib borayotganini, bu esa keng ko‘lamli yo‘nalishlarda qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish uchun qulay sharoitlar yaratayotganini ta’kidladi.

Shu munosabat bilan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, jumladan, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va malakali kadrlar tayyorlash, shuningdek, Germaniya biznesini O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirishga jalb etish sohasida hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va O‘zbekiston-Germaniya sherikligini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom