Voqealar
15.07.2026
|
388
MOXIda Germaniyadagi Yevropa siyosati instituti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Markaziy Osiyo xalqaro institutida (MOXI) Germaniyadagi Yevropa siyosati instituti (YSI) direktori Funda Tekin hamda institutning katta ilmiy xodimi Huliyan Plottka bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashdilar, shuningdek, ikki mamlakatning tahliliy markazlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini muhokama qildilar.

Direktor Javlon Vaxabov YSI vakillarini vakillarini MOXI faoliyati, uning maqsad va vazifalari bilan tanishtirdi, shuningdek, Markaziy Osiyoda hamkorligining hozirgi jarayonlari va mintaqa davlatlarining "Markaziy Osiyo plyus" platformasi doirasidagi rivojlanib borayotgan o’zaro aloqalarining ustuvor yo‘nalishlarini yoritib o‘tdi.

O‘z navbatida, F. Tekin Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaviy barqarorligini ta’minlash va konstruktiv muloqotni rivojlantirish tamoyillariga sodiqlik namoyon etayotganini ta’kidladi. Bunday yondashuv "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" formati doirasida Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratadi.

Shuningdek, F. Tekin Yevropa siyosati institutining MOXI bilan aloqalarni kengaytirishga qiziqish bildirgan holda, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, ekspertlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma tadbirlarini tashkil etishni taklif qildi.

Tomonlar mazkur yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar ikki va ko‘p tomonlama muloqot kun tartibini mazmunan boyitish, shuningdek, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqining ekspert hamjamiyatlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar qoshma aloqalarni yanada rivojlantirish, ekspert muloqotni kengaytirish hamda tashabbuslarni ishlab chiqish va ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom