Tomonlar özbek-möğul munosabatlarini rivojlantiriş hamda ikki mamlakatning ekspert-tahliliy tuzilmalari örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini muhokama qildi.
J.Vaxabov ikki tomonlama hamkorlikdagi ijobiy dinamikani qayd etdi. Faol madaniy-gumanitar almaşinuvlar doirasida erişilgan kelişuvlarni amalda röyobga çiqarişga alohida e’tibor qaratildi. Ikki mamlakatning tahliliy tuzilmalari örtasida bevosita aloqalarni rivojlantiriş muhimligi yana bir bor ta’kidlandi. Bu aloqalar qöşma tadqiqotlar hamda özbek-möğul munosabatlarini yanada mustahkamlaş böyiça amaliy takliflar tayyorlaşga xizmat qiladi.
Öz navbatida, G.Ganbold Mongoliyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirişga qiziqişi ortib borayotganini yana bir bor qayd etdi. Özbekiston va Mongoliya prezidentlarining özaro taşriflari hamda har tomonlama şeriklik munosabatlari örnatilgani hamkorlikka qöşimça turtki bergani e’tirof etildi. Özbekistonning Mongoliya uçun işonçli hamkor sifatidagi ahamiyati ta’kidlandi. Şuningdek, özaro işonçni mustahkamlaş va özaro tuşuniş muhitini şakllantirişda ekspertlar aloqalarining roli qayd etildi. Qabul qilingan «yöl xaritalari»ni faol hayotga tatbiq etiş, qöşma loyihalarni ilgari suriş va rejalaştirilgan tadbirlarni ötkaziş zarurligi ham ta’kidlandi.
MXTI 2018-yilda taşkil etilgan bölib, Mongoliya Boş vaziri devoni huzuridagi davlat tahliliy markazi hisoblanadi. U xalqaro munosabatlar, taşqi siyosat, mintaqaviy va milliy xavfsizlik hamda boşqa masalalar böyiça tadqiqotlarga ixtisoslaşgan.