Voqealar
21.11.2026
|
269
MOXIda özbek-sloven hamkorligini rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi
Joriy yil 2-noyabr kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida (MOXI) institut direktori Javlon Vahobovning Sloveniya TIV iqtisodiy hamkorlik bölimi boşlığı Rok Tomşiç boşçiligidagi Sloveniya delegatsiyasi, şuningdek, Yojef Stefan instituti vakillari bilan uçrașuvi bölib ötdi.

Uçrașuvda tomonlar özbek-sloven munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini, şuningdek, ikki mamlakat tahliliy tuzilmalari örtasida ekspert hamkorligini yölga qöyiş masalalarini muhokama qildi.

Suhbatni oçar ekan, MOXI direktori Javlon Vahobov Sloveniyaning ilmiy-texnologik hamkorlikka qiziqişi Özbekistonning texnologiyalar transferi, yangi iş örinlari yaratiş va yuqori qöşilgan qiymatli mahsulot işlab çiqariş borasidagi ustuvor yönalişlariga mos kelişini qayd etdi. Şuningdek, u Sloveniya muhim xomaşyo sohasida ikki tomonlama hamkorlikni taklif etgan dastlabki Yevropa Ittifoqi davlatlaridan biri bölganini ta’kidladi.

Öz navbatida, Sloveniya delegatsiyasi rahbari Rok Tomşiç Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarni va Markaziy Osiyoning Sloveniya uçun ortib borayotgan ahamiyatini yuqori baholadi. U Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2025-yil may oyida Lyublyanaga taşrifi ikki tomonlama munosabatlarga yangi turtki berib, savdo-iqtisodiy, ilmiy va ekspert hamkorligini kengaytiriş uçun imkoniyatlar oçganini ta’kidladi.

Uçrașuv yakunlariga köra, tomonlar MOXI va Sloveniya ilmiy-tadqiqot muassasalari örtasida hamkorlikni yölga qöyiş hamda bölajak ikki tomonlama aloqalar doirasida muloqotni davom ettiriş yuzasidan kelişib oldilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom
Savolingiz bormi? AI Maslahatchi
IICA AI
IICA Virtual Assistant
Onlayn