Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
20.11.2026
|
91
O‘zbekiston BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksida 31 pog‘ona yuqoriladi
BMTning 2026-yilgi Elektron hukumat bo‘yicha tadqiqoti natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 194 mamlakat orasida 32-o‘rinni egalladi. Ikki yil avval mamlakatimiz 63-o‘rinda edi. O‘zbekiston ilk bor elektron hukumat rivojlanishi juda yuqori darajada bo‘lgan davlatlar guruhiga kirib, Osiyo mamlakatlari orasida 9-o‘rinni egalladi.

Eng yuqori baho telekommunikatsiya infratuzilmasiga berildi. BMT hisobotida O‘zbekistonning sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyot sohasidagi tashabbuslari, shuningdek, fuqarolar murojaatlari uchun yaratilgan poytaxtning “Xalq nazorati” platformasi ham ijobiy misol sifatida qayd etildi.

Bu natija mamlakatda raqamli transformatsiya izchil davom etayotganini ko‘rsatadi. 2020-yildan buyon O‘zbekiston reytingda 55 pog‘ona yuqoriladi. “O‘zbekiston–2030” strategiyasida belgilangan eng yaxshi 30 ta mamlakat qatoriga kirish maqsadiga esa atigi ikki pog‘ona qoldi.

Batafsil: https://digital.uz/ru/news/view/250126 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom
Savolingiz bormi? AI Maslahatchi
IICA AI
IICA Virtual Assistant
Onlayn