Uchrashuv davomida Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, ekspertlik
va ilmiy-tahliliy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Javlon Vaxabov “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” Samarqand sammiti ikki mintaqa o‘rtasidagi munosabatlarda yangi davrni boshlab bergani, aloqalarni muayyan sohalar bilan cheklangan munosabatlardan barqaror rivojlanish, transport bog‘liqligi, iqtisodiyot, energetika va mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oluvchi strategik sheriklik bosqichiga olib chiqqanini ta’kidladi.
- Angel Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanish dinamikasini yuqori baholab, Yevropaning mintaqa davlatlari bilan savdo, investitsiyalar, moliya, transport va logistika sohalaridagi aloqalarni yanada chuqurlashtirishga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini qayd etdi.
Shuningdek, tadqiqot markazlari va akademik institutlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish ushbu jarayonlarni ekspertlik jihatdan
qo‘llab-quvvatlash, bilim almashinuv va qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida MOXI va Yevropa universiteti instituti o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, qo‘shma ekspert tadbirlarini o‘tkazish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish hamda akademik almashinuvlarni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Robert Shuman nomidagi Ilg‘or tadqiqotlar markazi 1993-yilda Yevropa universitet instituti huzurida tashkil etilgan bo‘lib, Yevropaning yetakchi fanlararo tahliliy markazlaridan biri hisoblanadi. Unda Yevropa integratsiyasi jarayonlari, global boshqaruv, energetika va migratsiya masalalari o‘rganiladi hamda muntazam ravishda tahliliy hisobotlar, ishchi hujjatlar va kitoblar nashr etilib, ular EUI’ning ochiq elektron ma’lumotlar bazasi Cadmus’da joylashtiriladi.