Muloqot chogʼida Latviya va Estoniya vakillari mamlakatimizda boʼlib oʼtgan prezidentlik saylovi toʼgʼrisida iliq fikrlar bildirib, ushbu muhim siyosiy voqea nafaqat Toshkentda, balki mamlakatning barcha hududlarida demokratik ruhda va yuqori saviyada oʼtganini qayd etdi.
“Oʼzbekiston xalqini Oʼzbekiston Prezidenti saylovining muvaffaqiyatli oʼtgani va Shavkat Mirziyoyevning prezidentlikka qayta saylangani bilan samimiy tabriklayman. Ishonch bilan ayta olamanki, mamlakat soʼnggi 7 yilda iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotning yangi bosqichiga koʼtarilib, xalqaro maydonda yanada muhim ahamiyat kasb etdi, – dedi M.Mixkelson.
Bundan tashqari, parlament aʼzolari yuqoridagi tendensiyalar fonida mintaqaviy hamkorlik va integratsiya jarayonlarini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratdilar.