Forumda Markaziy Osiyo mamlakatlarining akademik tuzilmalari va tahliliy markazlari, hukumat, vazirlik va idoralar, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan iborat 60 ga yaqin ekspert va olimlar ishtirok etdi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaning yetakchi tadqiqot markazlari - Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qozog‘iston strategik tadqiqotlar instituti, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy strategik tadqiqotlar instituti, Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik tadqiqotlar markazi va Turkmaniston tashqi ishlar vazirligi xalqaro munosabatlar institutining strategik tadqiqotlar markazi ekspertlari tomonidan taqdim etildi.

O‘zbekiston tomoni markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) ekspertlari tomonidan taqdim etildi.
Forumda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, iqlim o‘zgarishi oqibatlari, suvdan oqilona foydalanish, xavfsizlikni ta’minlash va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish bilan bog‘liq kontekstidagi masalalar va boshkalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, ekspertlar mintaqamiz bilan "Markaziy Osiyo+" formatida hamkorlik o‘rnatayotgan mamlakatlar sonining ortib borayotganini yuqori baholadilar, bu esa mintaqaning global aloqalarga faol jalb etilishini namoyish etadi.

Shu munosabat bilan tadbir davomida ekspertlar mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash tarafdori bo‘lib, butun Markaziy Osiyoni integratsiyalashuvi uchun mintaqaviy hamkorlikni institutsionalizatsiya qilish zarurligini ta’kidladilar.
Muhokamalar doirasida ishtirokchilar mintaqaning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlashga qaratilgan bir qator takliflar bilan chiqishdi. Ularning asosiylari:
- umumiy qadriyatlarga asoslangan Markaziy Osiyo rivojlanish strategiyasini yaratish;
-sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish va mineral-xomashyo resurslari va agrar mahsulotlar eksportini izchil kamaytirish;
- yangi transport koridorlarini shakllantirish va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida odamlar va tovarlarning harakatini soddalashtirish (shu jumladan viza talablarini bekor qilish);
- mintaqaviy o‘ziga xoslikni mustahkamlash masalalari ustida ishlash.
Navbatdagi ekspert forumining o‘tkazilishi ilmiy hamjamiyat vakillari va Markaziy Osiyo mamlakatlari ekspertlari o‘rtasida ochiq va konstruktiv fikr almashishni ta’minladi, mintaqa davlatlarining o‘zaro manfaatli hamkorligini chuqurlashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishga yordam berdi.