Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston–Eron munosabatlarining bugungi holati va ularni rivojlantirish imkoniyatlari, shuningdek, ikki mamlakat ekspert-tahlil doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Javlon Vaxabov O‘zbekiston va Eron ilmiy-tadqiqot doiralari o‘rtasidagi aloqalarni izchil mustahkamlash muhimligini ta’kidladi. Qayd etilganidek, tahlil markazlari o‘rtasidagi bevosita va muntazam muloqot Markaziy Osiyo hamda Yaqin Sharqda kechayotgan jarayonlarni chuqurroq anglash, fikr va baholar almashish, o‘zaro manfaatli masalalar yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqish imkonini beradi.
O‘z navbatida, Alirezo Golipur O‘zbekiston Eron uchun alohida ahamiyatga ega ekanini qayd etib, ikki institut o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik o‘rnatishdan manfaatdorligini bildirdi. Mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik, savdo-iqtisodiy va ilmiy-tahliliy hamkorlik hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ekspertlar muloqotini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar MOXI va IPIS o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirdi.
Eron Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Siyosiy va xalqaro tadqiqotlar instituti (IPIS) 1983-yilda Tehronda tashkil etilgan mamlakatning yetakchi tashqi siyosatga ixtisoslashgan tahlil markazidir. Institut tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar sohasidagi tadqiqotlar, ekspertlar hamda ommaviy diplomatiyani rivojlantirish, shuningdek, ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadi