Voqealar
22.07.2026
|
209
O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi yondashuvlari Tyanszindagi forumda taqdim etildi
MOXI bo‘lim boshlig‘i Qahramon Allaberganov 10-11-iyul kunlari Tyanszin shahrida (XXR) bo‘lib o‘tgan "Xorijiy bozorlarga raqamli chiqish: yangi imkoniyatlar, yangi ekotizimlar" tahliliy markazlar forumida ishtirok etdi.

Tadbir Xitoy, Rossiya, Pokiston va Markaziy Osiyo mamlakatlarining yetakchi tahliliy markazlari, ilmiy muassasalari, universitetlari va ishbilarmon doiralari vakillarini birlashtirdi.

Ishtirokchilar raqamli iqtisodiyot, innovatsion ekotizimlarni rivojlantirish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish sohasidagi xalqaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Raqamli iqtisodiyot uchun kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Q.Allaberganov o‘z nutqida O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha yondashuvlarini taqdim etdi. Zamonaviy IT-infratuzilmani yaratish, IT Park Uzbekistan’ni rivojlantirish, ijtimoiy ahamiyatga ega sohalarda raqamli yechimlarni joriy etish, shuningdek, barqaror va inklyuziv raqamli transformatsiya tamoyillarini ilgari surish shular jumlasidandir.

Shu nuqtayi nazardan, sun’iy intellekt sohasidagi kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslar, jumladan, ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish va raqamli ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan "Five Million AI Leaders" dasturi amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

MOXI eksperti O‘zbekiston SHHT raqamli kun tartibining faol ishtirokchisi ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat raqamli infratuzilma, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida tajriba almashish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Forum yakunida ishtirokchilar SHHT doirasida raqamli transformatsiya va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha ekspertlar muloqotini davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom