Voqealar
11.11.2024
|
47
Rossiya Fanlar akademiyasining (IMEMO) Primakov nomidagi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar milliy ilmiy-tadqiqot institutining Yaqin Sharq tadqiqotlari markazi rahbari Professor Irina Zvyagelskaya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Javlon Vaxabov Rossiya Fanlar akademiyasining (IMEMO) Primakov nomidagi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar milliy ilmiy-tadqiqot institutining Yaqin Sharq tadqiqotlari markazi rahbari Professor Irina Zvyagelskaya bilan chuqur mulohazali suhbat o‘tkazdi. Dirketor Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boʻlib oʻtadigan Arab-islom sammitida Oʻzbekiston ishtirok etar ekan, Yaqin Sharqdagi hozirgi vaziyat va uning Markaziy Osiyoga taʼsiri haqida Rossiya olimasining mazmunli fikrlari va juda foydali mulohazalari uchun minnatdorchilik bildirdi.