Voqealar
15.11.2024
|
65
Shanxay Ijtimoiy fanlar akademiyasi (SASS) tahlil markazi fondi Bosh kotibi va ijrochi direktori boshchiligidagi Shanxay (XXR) delegatsiyasi MOXIga tashtif buyurdi
Tashrif davomida bilim almashish va almashuv dasturlari orqali akademik institutlarimiz o‘rtasida ilmiy hamkorlik qilish imkoniyatlari haqida atroflicha suhbatlashildi.
SASS Xitoyning gumanitar va ijtimoiy fanlar boʻyicha eng qadimgi instituti boʻlib, Pekin poytaxti tashqarisidagi eng yirik ilmiy muassasa hisoblanadi.
SASS yetakchi tahlil markazi va markaziy hukumat tashabbusi bilan boshlangan Xitoyning eng yaxshi 25 ta Xitoy tahlil markazlarini qurish dasturiga kiritilgan Xitoydagi nufuzli ilmiy-tadqiqot muassasadir.
SASSda gumanitar va ijtimoiy fanlar bo'yicha nazariy va amaliy tadqiqotlar olib boradigan 17 ta institut mavjud.
O'zining keng qamrovli tadqiqot yutuqlari bilan SASS davlat organlari, o'qitish va konsalting xizmatlari uchun siyosat tadqiqotlari orqali mamlakatga katta hissa qo'shadi.