Tadbirda davlat organlari, xalqaro moliya taşkilotlari va Toşkent şahridagi diplomatik korpus vakillari, şuningdek, Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz, Yevropa va AQŞning yetakçi tahliliy markazlari tadqiqotçilari iştirok etdi.
Konferensiya iştirokçilari diqqat markazida transport yönalişlarini rivojlantiriş, tranzit tartib-taomillarini soddalaştiriş, şuningdek, ikki mintaqa örtasida sanoat va energetika sohalaridagi hamkorlik istiqbollari bilan boğliq dolzarb masalalar böldi.
MOXI direktori Javlon Vaxabov konferensiyani oçib, geosiyosiy özgarişlar Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz oldida yangi imkoniyatlar oçayotganligini ta’kidladi. Uning qayd etişiça, ilgari har ikki mintaqa, asosan, yirik bozorlar örtasidagi tranzit böğini sifatida qaralgan bölsa, bugungi kunda ularning davlatlari savdo yönalişlari va iqtisodiy hamkorlik ustuvorliklarini mustaqil belgilaş uçun kengroq imkoniyatlarga ega bölmoqda.
Şu bilan birga, uning sözlariga köra, bitta transport koridorini rivojlantiriş taşqi omillarga boğliqlikni bartaraf etmaydi. Işonçliligi nafaqat infratuzilmaning holati, balki bojxona qoidalari, raqamli tizimlar va tranzit tartib-taomillarining özaro muvofiqlaştirilganligiga ham boğliq bölgan, bir-birini töldiruvçi transport yönalişlari tarmoğini şakllantiriş zarur.
«Özaro boğliqlikning mazmuni faqat tranzit daromadlari bilan çeklanmasligi kerak. U sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş, investitsiyalarni jalb etişi va mintaqalarimiz mamlakatlari uçun yangi imkoniyatlar yaratişi lozim. Biz tranzitga xizmat qiladigan özaro boğliqlikdan taraqqiyotga xizmat qiladigan özaro boğliqlikka ötişimiz zarur», — deya ta’kidladi J. Vaxabov.
Öz navbatida, Strategik va xalqaro tadqiqotlar jamğarmasi prezidenti Yekaterine Metreveli yuz berayotgan geosiyosiy özgarişlar Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz manfaatlarini yaqinlaştirib, xavfsizlik, savdo va transport masalalarida yanada yaqin hamkorlik uçun şaroit yaratayotganligini qayd etdi.

Mavzuni davom ettirar ekan, Fridrix Ebert jamğarmasining Janubiy Kavkaz böyiça direktori Marsel Retig Germaniya va boşqa Yevropa davlatlari Markaziy Osiyo hamda Janubiy Kavkazni barqaror va mustaqil hamkorlar sifatida körişdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi. Uning fikriça, transport yönalişlarini rivojlantiriş mintaqa mamlakatlarining öziga sezilarli natija berişi, jumladan, yangi iş örinlari yaratiş va aholi farovonligini oşirişga xizmat qilişi lozim.

Mintaqalararo hamkorlikning siyosiy va iqtisodiy şart-şaroitlariga bağişlangan birinçi sessiyada Crossroads Central Asia instituti (Qirğiziston) prezidenti Şairbek Jörayev xalqaro transport koridorlarini rivojlantiriş, avvalo, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlarining özaro aloqalarini mustahkamlaşga asoslanişi kerakligini ta’kidladi. Uning fikriça, davlatlararo munosabatlarning barqarorligi siyosiy keskinlik davrlarida ham yuk taşiş jarayonlarining uzluksizligini ta’minlaş imkonini beradi.

Strategik va xalqaro tadqiqotlar jamğarmasi tadqiqotçisi Aleks Petriaşvili mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlaş Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz örtasidagi iqtisodiy aloqalarni kengaytirişning zaruriy şarti ekanligini qayd etdi.

Bu borada önlab yillar davomida, asosan, xavfsizlikka tahdidlar nuqtayi nazaridan körib kelingan Afğonistonga alohida e’tibor qaratildi. Afğoniston Taşqi işlar vazirligi huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi direktori Abdul Hay Qanit Özbekiston tajribasi bunday yondaşuvdan amaliy iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirişga ötiş mumkinligini körsatayotganligini ta’kidladi. U bunga misol sifatida Transafğon temir yöli, Lapis-Lazuli koridori, TAPI gaz quvuri va CASA-1000 energetika loyihasini keltirdi.

Ikkinçi sessiya, asosan, yuk taşiş hajmini oşiriş uçun zarur bölgan port va temir yöl infratuzilmasini kengaytiriş, şuningdek, Örta koridorni rivojlantiriş masalalariga bağişlandi.
Qozoğiston Strategik tadqiqotlar instituti departamenti rahbari Bibigul Omirbayeva mazkur yönaliş böyiça taşuvlar hajmi barqaror ösib borayotganligini ta’kidladi. Uning ma’lumotlariga köra, 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida taşuvlar hajmi 29 foizga oşib, 4,1 million tonnaga yetgan. Bunday şaroitda, uning fikriça, Markaziy Osiyodan Kaspiy dengiziga yuklarni olib çiqişda muhim ahamiyat kasb etuvçi Qozoğistonning Aqtau va Quriq portlarini rivojlantiriş alohida ahamiyatga ega.

Kaspiy dengizi orqali ötuvçi yönalişni rivojlantiriş mavzusini davom ettirar ekan, Ozarbayjon Xalqaro munosabatlarni tahlil qiliş markazining katta maslahatçisi Yunis Gurbanov Alat portining ötkazuvçanlik quvvatini 15,5 million tonnadan 25 million tonnagaça oşiriş rejalari hamda Ozarbayjonni Gruziya va Turkiya bilan boğlovçi Bok-u – Tbilisi – Kars temir yölining imkoniyatlarini kengaytiriş haqida ma’lumot berdi.
Öz navbatida, Yevropa Ittifoqi – Gruziya Biznes kengaşi ijroçi direktori Georgiy Kaçarava Örta koridorning ğarbiy yönalişini rivojlantiriş masalalariga töxtaldi. U ustuvor vazifalar qatorida Poti va Anakliya Qora dengiz portlarining imkoniyatlarini kengaytiriş, Tbilisida quruqlikdagi portni taşkil etiş, şuningdek, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz kompaniyalari iştirokida qöşma logistika markazlarini yaratişni alohida ta’kidladi.
Uçinçi sessiyada bojxona va çegara tartib-taomillarini raqamlaştiriş orqali yuk taşiş muddatlarini qisqartiriş çoralari muhokama qilindi.
Özbekiston Bojxona qömitasining AKT va kiberxavfsizlik boşqarmasi boşliği Elyor Hakimov milliy raqamli tizimlar rivojlanayotganiga qaramay, tranzit rasmiylaştiruvi böyiça yagona qoidalarning mavjud emasligi xalqaro taşuvlarga hanuz tösqinlik qilayotganligini qayd etdi. Özbekiston hozirda önta davlat bilan elektron ma’lumot almaşinuvini yölga qöygan, şuningdek, Qozoğiston va Turkmaniston bilan tranzit sohasidagi hamkorlikni rivojlantirmoqda. Uning fikriça, navbatdagi qadam Yevropadagi NCTS tizimi singari yagona mintaqaviy tizimni yaratişdan iborat bölişi kerak.
Öz navbatida, bojxona işi böyiça xalqaro ekspert Samson Uridiya suğurta va moliya taşkilotlari iştirokida mintaqaviy tranzit kafolatlari tizimini yaratiş, şuningdek, «yagona töxtaş joyi» tamoyili asosida qöşma çegara nazoratini joriy etişni taklif qildi.
Uşbu çora-tadbirlarning amaliy ahamiyatiga Turkmanistonning Ykjam Hereketa kompaniyasi logistika va xalqaro operatsiyalar yönalişi rahbari Aknur Saparova ham e’tibor qaratdi. Uning sözlariga köra, Xitoydan Ozarbayjongaça yuk yetkazib beriş uçun belgilangan 12–15 kunlik muddat taşuvlarni bron qiliş, temir yöl platformalari va paromlarni kutiş, şuningdek, transport turlari almaşganda hujjatlarni rasmiylaştiriş uçun sarflanadigan vaqtni hisobga olmaydi. Şu munosabat bilan u çegaralarni kesib ötişda qöşimça keçikişlarni kamaytiriş maqsadida hujjatlarni oldindan tekşiriş tizimini yölga qöyişni taklif etdi.
Yakuniy sessiya investitsiyalarni jalb qiliş va iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş masalalariga bağişlandi. Armaniston Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi direktori Haykaz Fanyan Jahon banki baholariga tayanib, Örta koridorni rivojlantiriş uçun qariyb 55 milliard dollar investitsiya talab etilişini, şundan qariyb 11 milliard dollari Özbekistonga töğri kelişini ta’kidladi.
Bunday loyihalarni moliyalaştiriş masalasiga Xalqaro moliya korporatsiyasining Tojikistondagi vakili Farux Sultonov ham töxtaldi. Uning ta’kidlaşiça, davlat-xususiy şeriklik asosidagi infratuzilma loyihalari 30–40-yilga möljallangan bölib, xususiy kapitalni jalb qiliş uçun oldindan prognoz qiliş mumkin bölgan barqaror şart-şaroitlar va amalga oşirişga puxta tayyorlangan loyihalar zarur.
Şu bilan birga, transport koridorlarini rivojlantiriş bilan boğliq iqtisodiy imkoniyatlar yuk tranziti doirasidan ança keng. AQŞning Jorjtaun universiteti professori Tereza Sabonis-Helff Qozoğiston va Turkmaniston neftini Özbekistonda qayta işlaş, uran sanoatidagi hamkorlik hamda Qozoğiston va Ozarbayjon örtasida transkaspiy ma’lumot uzatiş kabelini yotqiziş istiqbollarini alohida ta’kidladi.
Konferensiya yakunida iştirokçilar transport koridorlarini rivojlantiriş Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz örtasidagi savdo hamda işlab çiqariş aloqalarini kengaytiriş, mavjud tösiqlarni bartaraf etiş va investitsiyalarni jalb qiliş bilan birgalikda olib borilişi lozimligi töğrisida yakdil fikrga keldilar.