Voqealar
07.04.2026
|
209
MOXIda “Chatham House” rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Markaziy Osiyo Xalqaro Instituti (MOXI) direktori Javlon Vaxabov Buyuk Britaniyadagi Qirollik Xalqaro Munosabatlar Institutining (Chatham House) Yevropa, Rossiya va Yevroosiyo dasturi rahbari Greguar Rus bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki tahliliy markaz o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, qo‘shma ilmiy va ekspert tadbirlarini o‘tkazish hamda tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Javlon Vaxabov ta’kidlashicha, fevral oyida London shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi vazirlik darajasidagi uchrashuv doirasidagi hamkorlik tuzilmasini mustahkamlashda muhim bosqich bo‘lib ikki mamlakatning tahliliy markazlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish uchun kun tartibini belgilagan.

Shu formatda yangi tahliliy markazlarning platformalarni yo'lga qo'yish yuqori darajadagi uchrashuvlar uchun mazmunli va dolzarb kun tartibini shakllantirish, shuningdek, hukumatlar uchun amaliy tavsiyalar tayyorlash imkonini beradi.

O‘z navbatida, Greguar Rus markazlar o‘rtasidagi ekspert dialogini rivojlantirishga, jumladan, qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

1920 yilda tashkil etilgan Qirollik Xalqaro Munosabatlar Instituti (Chatham House) dunyoning eng nufuzli tahliliy markazlaridan biri bolib, xalqaro munosabatlar, global iqtisodiyot va xavfsizlik masalalarini organadi. Institut “International Affairs” va “The World Today” akademik jurnallarini nashr etadi hamda ushbu sohalarda ekspert muhokamalari va tadqiqotlarni tashkil qiladi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom