Voqealar
20.03.2025
|
266
Toshkentda birinchi "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" tahliliy markazlar forumi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 19-mart kuni Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) Belgiya tadqiqot muassasasi Yevropa Qo‘shnichilik Kengashi (ENC) bilan hamkorlikda "Toshkent platformasi: Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasida ko‘priklar qurish" mavzusida birinchi Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi tahliliy markazlar forumini tashkil qildi.

Forumda rasmiy shaxslar, diplomatik missiyalar rahbarlari va vakillari, mahalliyva xorijiy hukumat hamda nohukumat tahliliy markazlari, biznes vakillari vaommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat 150 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Tadbirda Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Irlandiya, Italiya, Latviya, Litva, Polsha, Turkiya, Finlyandiya, Fransiya, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston ekspertlari ishtirok etdi.

Forum davomida ishtirokchilar texnologiyalar va sun’iy intellekt, savdo vainvestitsiyalar, transport va logistika, strategik xomashyo, ta’lim va turizm kabiyo‘nalishlarda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollarinimuhokama qildilar.

Forumning ochilish nutqida Abdulaziz Komilov, O‘zbekiston RespublikasiPrezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili, Yevropa Ittifoqi va MarkaziyOsiyo o‘rtasidagi hamkorlik umumiy qadriyatlar, barqaror rivojlanish vamintaqaviy barqarorlikka intilish asosida yangi bosqichga chiqayotganinita’kidladi. Uning fikriga ko‘ra, iqtisodiy hamkorlik bu jarayonda muhim o‘rinegallab, nafaqat sheriklikni mustahkamlash, balki mintaqaning barqarorrivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Javlon Vaxabov, MOXI direktori, o‘z navbatida, ushbu forum natijalari nafaqatSamarqandda bo‘lib o‘tadigan "Yevropa IttifoqiMarkaziy Osiyo" sammiti kuntartibiga ta’sir ko‘rsatishini, balki Markaziy Osiyoni farovon, xavfsiz va barqarormintaqaga aylantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishini ta’kidladi. Qaydetilishicha, ikki mintaqa o‘rtasidagi hamkorlik endi tanlov emas, balki zaruratgaaylandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muvaffaqiyat faqat imzolangan bitimlar bilanemas, balki muloqotning qanchalik samarali amaliy harakatlarga aylanishi bilano‘lchanadi.

Eduards Stiprayis, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, o‘zining tabrik so‘zida so‘nggi yillarda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyoo‘rtasidagi hamkorlik sezilarli darajada kengayib, an’anaviy sohalarsuvresurslari va xavfsizlik bilan bir qatorda, strategik xomashyo kabi yangiyo‘nalishlarni ham qamrab olganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yuqoridarajadagi uchrashuvlar sonining ortishi ushbu sheriklikning strategik ahamiyatiniva uning yanada rivojlanishiga bo‘lgan o‘zaro qiziqishni tasdiqlaydi.

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari Toivo Klaar o‘znutqida Yevropaning Markaziy Osiyoga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganinita’kidladi. Diplomatning fikriga ko‘ra, ushbu tadbir Yevropa Ittifoqi va MarkaziyOsiyo o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istagini aks ettirgan muhim voqeabo‘ldi. Forum ilk bor har ikki mintaqaning yetakchi ekspertlarini birlashtirib, fikralmashish va qo‘shma yechimlarni ishlab chiqish uchun noyob platforma yaratdi.

Bundan tashqari, Toivo Klaar ta’kidlaganidek, yaqinda Yevropa Ittifoqiningxalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yozef Sikela va O‘zbekiston PrezidentiShavkat Mirziyoyev uchrashuvida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagihamkorlikning jadal rivojlanishi muhokama qilinib, transport va logistika, energetika, raqamlashtirish, qishloq va suv xo‘jaligi hamda boshqa ustuvoryo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish bo‘yicha o‘zaro manfaatdorlikbildirilgan.

Forumning hammuassisi va Yevropa Qo‘shnichilik Kengashi direktori Samuel Doveri Vesterbay (Belgiya) ushbu Toshkent platformasi Yevropa Ittifoqi vaMarkaziy Osiyo ekspert hamjamiyatlari uchun muntazam muloqot maydonigaaylanishiga umid bildirdi.

Texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida hamkorlikni mustahkamlashmuhokamalarida Peter Vesterbaka (Finlyandiya), Slush startap ekotizimiasoschisi, O‘zbekiston yoshlari uchun tadbirkorlik va raqamli ko‘nikmalarnio‘rgatish, inson kapitaliga sarmoya kiritish va innovatsiyalarni rivojlantirishmuhimligini ta’kidladi.

Litvalik ekspert Adamas Ilkyavichus Yevropada sun’iy intellekt joriy etishningmuvaffaqiyatli misollarini, jumladan, transport va energetika tizimlarini raqamlimodernizatsiya qilish, davlat xaridlarini monitoring qilish va davlat xizmatchilarinio‘qitish tajribasini taqdim etdi.

Forum ishtirokchilari, shuningdek, mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashhamda Yevropa investitsiyalarini jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Emmanuel Dyupuy (Fransiya), Yevropa istiqboli va xavfsizlik instituti (IPSE) prezidenti, "Global Gateway" va "Build Back Better World" tashabbuslarini Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi infratuzilma bog‘liqligi, barqaror rivojlanish va iqtisodiy integratsiyani mustahkamlash uchun strategik vositasifatida ilgari surish zarurligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Erlan Jakupov, Qozog‘iston strategik tadqiqotlar instituti bo‘limboshlig‘i, O‘rta yo‘lak strategik ahamiyatiga to‘xtalib, Xitoy va Yevropao‘rtasidagi transport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish, tariflarni kamaytirish, raqamli logistika tizimlarini yaxshilash va teskari yuk oqimlarini faollashtirishzarurligini ta’kidladi.

Umuman olganda, forum Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo ekspertlari o‘rtasida mintaqalararo muloqotning joriy holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashish imkonini yaratdi hamda Samarqand sammiti kun tartibiga aniq takliflar ishlabchiqishga xizmat qildi.

Forum yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar ushbu formatdagi ekspert muloqotinidavom ettirish va "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" sammitlari oldidan har ikkiyilda bir marta bunday uchrashuvlarni o‘tkazishga kelishib oldilar.

 

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom