Voqealar
02.11.2026
|
459
Xançjouda Xitoy va Markaziy Osiyo örtasidagi raqamli hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 16–18-oktabr kunlari MOXI bölim boşliği K. Allaberganov Xitoyning Xançjou şahrida bölib ötgan «Markaziy Osiyo bilan tanişuv: raqamlaştiriş şaroitida Xitoy va Markaziy Osiyo hamkorligining yönalişlari va mexanizmlari» mavzusidagi 9-xalqaro simpoziumda iştirok etdi.

Tadbir Çjetszyan provinsiyasining mintaqaviy va mamlakatşunoslik tadqiqotlari assotsiatsiyasi hamda Çjetszyan moliya va iqtisodiyot universiteti tomonidan taşkil etildi. Unda Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlarining tahlil markazlari, ilmiy doiralari, işbilarmonlik hamjamiyati hamda diplomatik korpus vakillari qatnaşdi.

Iştirokçilar raqamli transformatsiyaning savdo, davlat boşqaruvi va logistika sohalariga ta’siri, şuningdek, uşbu jarayon Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari örtasidagi hamkorlik uçun qanday yangi imkoniyatlar yaratişini muhokama qildilar.

Inson kapitalini rivojlantiriş, jumladan, raqamli sohada mutaxassislar tayyorlaş, qöşma ta’lim dasturlarini kengaytiriş hamda Xitoy va mintaqa davlatlari tahlil markazlari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Simpoziumda sözga çiqqan K. Allaberganov raqamlaştiriş Xitoy va mintaqa davlatlari örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning yanada rivojlanişida muhim omilga aylanayotganini ta’kidladi. 2025-yil yakunlariga köra, tomonlar örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi ilk bor $100 milliard oshib, $106,3 milliard taşkil etdi.

Uning fikriça, bunday şaroitda sanoat kooperatsiyasi, texnologik rivojlaniş hamda raqamli yeçimlar asosida yangi işlab çiqariş quvvatlarini yaratiş tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Şu bois qöşma loyihalar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş va mahalliy korxonalarni rivojlantirişga xizmat qilişi lozim.

Ekspert, şuningdek, Ozarbayjonning Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahat uçraşuvlari formatiga qöşilişi mavzusida ham töxtalib ötdi. Uning ta’kidlaşiça, formatning kengayişi mintaqaning tranzit salohiyatini mustahkamlab, transport yöllarni va savdo aloqalarini, jumladan, Xitoy bilan hamkorlikni rivojlantiriş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratmoqda.
Simpozium yakunida iştirokçilar raqamli kun tartibi Xitoy va Markaziy Osiyo hamkorligining asosiy yönalişlaridan biriga aylanayotganini qayd etib, elektron savdo, raqamli logistika va kadrlar tayyorlaş masalalari böyiça ekspertlar muloqotini davom ettirişga qiziqiş bildirdilar.

Tadbir doirasida K. Allaberganov Xitoy tahlil markazlari va universitetlari, jumladan, simpozium taşkilotçilari vakillari bilan uçraşuvlar ötkazdi. Tomonlar qöşma tadqiqotlar olib boriş va ekspertlar almaşinuvini yölga qöyiş imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom
Savolingiz bormi? AI Maslahatchi
IICA AI
IICA Virtual Assistant
Onlayn