Voqealar
14.05.2026
|
250
Xelsinkida Finlyandiya instituti rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Xelsinkiga amalga oshirilgan xizmat safari doirasida MOXI direktori Javlon Vaxabov Finlyandiya xalqaro munosabatlar institute (FXMI) direktori Hiski Haukkala bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda MOXI va FXMI o‘rtasida barqaror muloqotni yo‘lga qo‘yish istiqbollari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan muntazam fikr almashish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Javlon Vaxabov Finlyandiyaning yetakchi tahliliy markazlaridan biri bilan aloqalarni rivojlantirish MOXIning Yevropa ekspert hamjamiyati bilan professional munosabatlarni kengaytirish hamda Markaziy Osiyodagi jarayonlarni mazmunli muhokama qilish uchun yangi maydonlarni shakllantirishga qaratilgan intilishlariga mos kelishini ta’kidladi.

Hiski Haukkala, o‘z navbatida, FXMIning Markaziy Osiyoga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini qayd etib, kelgusidagi ekspert muloqoti doirasida MOXI bilan hamkorlikning amaliy shakllarini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, Finlyandiyaning ilmiy-tadqiqot va ekspert hamjamiyati orasida Markaziy Osiyoda kechayotgan o‘zgarishlarga qiziqish tobora ortib borayotgani ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar aloqalarni davom ettirish va ikki muassasa o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom