Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
10.05.2023
|
131
S.Berdimuhamedov Si Szinpinni Xitoy yangi yili bilan qutladi
Turkmaniston Prezidenti S.Berdimuhamedov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga Xitoy yangi yili munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi.

“Biz Turkmanistonda Xitoy Xalq Respublikasi bilan o‘zaro hurmat va ishonch, teng huquqlilik va manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan munosabatlarni yuksak qadrlaymiz”.

S.Berdimuhamedov bugungi kunda davlatlararo turkman-xitoy muloqoti strategik va uzoq muddatli xarakterga ega ekanini ta’kidladi.

Ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo‘lida mavjud ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarish orqali XXR bilan munosabatlarni yanada kengaytirishga sodiqlik qayd etildi.

– Yaqinda buyuk mamlakatingizga birinchi davlat tashrifimni alohida iliqlik bilan eslayman.

Uchrashuvlar davomida biz juda ochiq va ishonchli muzokaralar olib bordik, ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati yuzasidan fikr almashdik va uni yanada rivojlantirish maqsadlarini belgilab oldik”.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom