Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
11.05.2023
|
42
Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri bilan uchrashdi
Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari B.To‘roboyev O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Qudratov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2023-yil 26-27-yanvar kunlari Qirg‘izistonga davlat tashrifi doirasida imzolanishi rejalashtirilgan ikki tomonlama hujjatlarning mazmun-mohiyati muhokama qilindi.

B.To‘roboyev O‘zbekiston rahbarining davlat tashrifi va samarali ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilayotganini ta’kidladi. Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shuningdek, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi turli sohalardagi hamkorlik ijobiy natijalar berishiga urg‘u berdi.

L.Qudratov Qirgʻiziston-Oʻzbekiston biznes-forumi va ikki davlat rahbarlarining boʻlajak uchrashuvi ikki davlat ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilganini taʼkidladi.

Ma’lumot uchun: Davlat tashrifi doirasida 18 ta, “Qirg‘iziston – O‘zbekiston” biznes-forumi davomida esa 10 ta hujjat imzolanishi kutilmoqda.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom