Ostona hokimi J.Qasimbek joriy yilda umumiy qiymati 118 mlrd. tenge miqdoridagi o‘ttizta loyiha ishga tushirilishini ma’lum qildi.
J.Qasimbek ushbu investitsiya shaharni rivojlantirish va ikki mingta yangi ish o‘rnini yaratish uchun jalb etilishini qayd etdi. Bular sanoat, tibbiyot, agrosanoat kompleksi sohalaridagi korxonalar, ta’lim yo‘nalishidagi 5 ta obyekt (maktab, bolalar bog‘chalari), 4 tasi moddiy-texnik ta’minot, sport majmualari bo‘yicha loyihalar.
J.Qasimbek Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri M.Qarabayev bilan birgalikda 1-sonli sanoat parkiga tashrif buyurib, u yerdagi bir qator korxonalar faoliyati bilan tanishdi. ModeX modulli uy-joy qurilishi zavodi, maxsus uskunalar yig‘ish zavodi, vitrajlar, derazalar, tibbiy asbob-uskunalar, mebellar, respiratorlar ishlab chiqarish zavodi shular jumlasidan.
Shuningdek, u Davlat rahbarining topshirig‘iga muvofiq, investitsiya jalb etish va investorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratilayotganini qo‘shimcha qildi.