Tadbirda ShHTga aʼzo davlatlar tahlil tuzilmalari rahbarlari va yetakchi ekspertlari ishtirok etdi.
Tadbir Oʼzbekiston tashqi ishlar vazirligi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti hamda Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamkorligida tashkil etildi.
Unda Oʼzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʼrinbosari B.Usmonov, Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori oʼrinbosari F.Kadirov, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori oʼrinbosari A.Neʼmatovlar soʼzga chiqdi.
Yigʼilish ishtirokchilari ShHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining tashkilotni modernizatsiya qilish toʼgʼrisidagi qarorini amalga oshirishga qaratilgan fikr-mulohazalarni almashdilar.
“Davra suhbati” Tashkilot faoliyatini modernizatsiya qilishga doir fikrlarni almashish uchun muhim platforma vazifasini oʼtadi.
Ekspertlar ShHTning asosiy organlari faoliyatini, qonunchilik bazasini, maslahat mexanizmlarini va doimiy faoliyat yurituvchi organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan kontseptual taklif va tavsiyalarni berdi. Ishtirokchilarning qayd etishicha, ShHTning 2022 yilda boʼlib oʼtgan Samarqand sammitida tashkilot faoliyatini takomillashtirish boʼyicha erishilgan kelishuvlar muhim ahamiyat kasb etadi.