Tadbir “Bir makon– bir yoʼl” (Pekin shahrida) boʼlajak uchinchi xalqaro hamkorlik forumi arafasida oʼtkazilishi rejalashtirilgan.
Davra suhbatida Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy Xalq Respublikasi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, yetakchi tahlil markazlari va ilmiy-tadqiqot institutlarining milliy va xalqaro ekspertlari ishtirok etadi.
Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy oʼrtasidagi turli sohalardagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, “Bir makon va bir yoʼl” tashabbusi doirasida mamlakatlar oʼrtasidagi amaliy sheriklikni oshirish boʼyicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Mazkur tashabbusga koʼrsatilayotgan qiziqish va qoʼllab-quvvatlash tufayli Markaziy Osiyo mamlakatlari va XXR oʼrtasidagi oʼn yillik davr mobaynida oʼzaro manfaatli barcha sohalarda hamkorlik sezilarli darajada mustahkamlandi va kengaydi.
Joriy yilning 18-19 may kunlari Sian shahrida boʼlib oʼtgan Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy Xalq Respublikasi Davlat rahbarlarining sammiti hamda uning yakunlari boʼyicha imzolangan Sian deklaratsiyasi yana bir bor tomonlarning “Bir makon va bir yoʼl” doirasidagi munosabatlarni mustahkamlash va Markaziy Osiyo davlatlarining milliy rivojlanish strategiyalarini moslashtirishga sodiqligini tasdiqladi.
Xalqaro davra suhbatini oʼtkazish “Bir makon va bir yoʼl” loyihasining Markaziy Osiyo va Xitoy mamlakatlari uchun ahamiyati va dolzarbligini ekspertlar darajasida muhokama qilish, davlat organlari, ishbilarmon doiralar, ilmiy va jamoat tashkilotlari vakillari oʼrtasidagi aloqalarni kengaytirish va tajriba almashishga yordam beradi.