Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
31.01.2024
|
102
B.To‘roboyev Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti J.Borrel bilan uchrashdi
Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari B.To‘roboyev Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili J.Borrel bilan uchrashdi.

B.To‘roboyev Qirg‘iziston aviakompaniyalarini Yevropa Ittifoqining parvozlar xavfsizligi ro‘yxatidan chiqarish va Qirg‘iziston fuqarolari uchun viza rejimini soddalashtirish masalalarini ko‘tardi. Noyob tuproq va boshqa muhim metallar konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

Shuningdek, u Yevropa tomoniga mamlakat tashqi qarzini “yashil” loyihalarga almashtirishni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish istagini bildirdi.

J.Borrel Markaziy Osiyoning jahondagi roli ortib borayotganini qayd etib, Yevropa Ittifoqining Qirg‘iziston bilan o‘zaro manfaatli barcha sohalarda aloqa va hamkorlikni mustahkamlash niyatini tasdiqladi.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom