K.-J.Tokayev Qatar sarmoyaviy boshqarmasi va Samruk-Kazina jamg‘armasi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklikning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylanishi mumkinligini ta’kidladi.
Oʻz navbatida Mansur Ibrohim Al-Mahmud Qozogʻiston moliya bozoriga kirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash loyihasini amalga oshirish rejalarini maʼlum qildi.
Bundan tashqari, suhbatdoshlar Ostona xalqaro moliya markazida (AIFC) Qozogʻiston-Qatar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya fondini yaratish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida davlat rahbari Qatar sarmoyaviy boshqarmasi bosh ijrochi direktorini Ostona xalqaro forumida ishtirok etishga taklif qildi.