Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
19.02.2024
|
425
Qozog‘iston Jahon bankining Pandemiya jamg‘armasidan beg’araz grant oldi
Ostonada Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, BMTning Qozog‘iston Respublikasidagi doimiy koordinatori Mikaela Friberg-Stori, JSSTning Qozog‘istondagi vakili doktor Skender Sil, Pandemiya jamgʻarmasi ijrochi direktori Priya Basu va diplomatik missiyalar vakillari ishtirokida Jahon bankining Pandemiya jamg‘armasi grantining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Pandemiya jamg‘armasi mablag‘lari mamlakat sog‘liqni saqlash tizimida epidemiologik nazorat, chegara nazorati, laboratoriya xavfsizligi, erta aniqlash va choralar ko‘rish, kadrlar malakasini oshirish sohasidagi vazifalarni hal qilishga yo‘naltiriladi.

JSSTning Qozog‘istondagi vakolatxonasi ushbu grantning mamlakatda amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi va Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga umumiy texnik yordam ko‘rsatadi.

Qozog‘iston JSST Yevropa mintaqasidagi 36 davlatdan biri bo‘lib, uch yil davomida 19 million AQSh dollari miqdoridagi davlat granti va 27 million AQSh dollari miqdoridagi ko‘p davlat grantini olgan.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom