Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
21.02.2024
|
50
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozon shahriga keldi.

Abdulla To‘qay nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Tatariston Bosh vaziri Aleksey Pesoshin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazadi.

So‘ng yetakchilar 21-fevral – 3-mart kunlari Qozonda o‘tkaziladigan “Kelajak o‘yinlari” birinchi xalqaro multisport musobaqalarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadilar.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom