Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar muhokama qilindi.
Uchrashuv avvalida mamlakat Prezidenti, Imomali Rahmon uchrashuv imkoniyatidan mamnunligini bildirib, Rossiya tomonini “Kelajak o‘yinlari” xalqaro turnirini yuqori saviyada tashkil etgani va o‘tkazgani bilan tabrikladi.
Ikki davlat rahbarlari 2023-yil noyabr oyida Moskvada boʻlib oʻtgan oliy darajadagi Tojikiston-Rossiya rasmiy muzokaralari, shuningdek, oʻtgan yilning dekabr oyida boʻlib oʻtgan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi yakunlarini yuqori baholadilar.
Qayd etilishicha, 2023-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2,5 foizga oshib, 1 milliard 800 million dollarga yetgan va Tojikiston tashqi savdosining umumiy hajmida Rossiya yetakchilikni saqlab qolgan.
Energetika, qishloq xoʻjaligi, sarmoya, migratsiya, taʼlim va madaniyat kabi tomonlarni qiziqtirgan boshqa bir qator dolzarb masalalar ham koʻrib chiqilib, ular yuzasidan zarur kelishuvlarga erishildi.