Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
26.02.2024
|
154
Tojikiston va Rossiya oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 1,8 milliard dollarga yetdi.
2023 yilda mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2,5 foizga o‘sib, 1,8 milliard dollarga yetdi.Bu haqda 21 fevral kuni Qozon shahrida Tojikiston Prezidenti E.Rahmon va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.Putin uchrashuvida aytib o‘tildi.

Qayd etilishicha, Rossiya Tojikiston tashqi savdosining umumiy hajmida yetakchilikni saqlab qolgan.

Energetika, qishloq xoʻjaligi, sarmoya, migratsiya, taʼlim va madaniyat kabi tomonlarni qiziqtirgan boshqa bir qator dolzarb masalalar ham koʻrib chiqilib, ular yuzasidan zarur kelishuvlarga erishildi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlik yuqori darajada yo‘lga qo‘yilgan.

Diqqat! Agar matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmalarini bosing
Saytni ishlab chiqish: uzinfocom