Vazirlar Mahkamasi raisining agrosanoat majmui faoliyatiga rahbarlik qiluvchi o‘rinbosari T.Ataxalliyev velayatlarda g‘alla ekinlarini parvarish qilish, paxta maydonlarini tayyorlash, kartoshka, sabzavot va poliz ekinlari ekish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Turkmaniston rahbari mo‘l hosil olishning asosiy omili sifatida bahorgi ekish ishlariga o‘z vaqtida va sifatli tayyorgarlik ko‘rish muhimligiga e’tibor qaratdi.
Prezident Bosh vazir o‘rinbosariga g‘o‘za maydonlarini rejalashtirish va tayyorlash, qishloq xo‘jaligi texnikalari holati, paxtakorlarni sifatli chigit bilan ta’minlash, kuzgi ekinlarni parvarish qilishda agrotexnika me’yorlariga rioya etish masalalarini doimiy nazoratda tutish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Viloyat hokimlariga kartoshka, piyoz va boshqa sabzavot ekinlarini ekishni uyushqoqlik bilan o‘tkazish, texnikalarni ekish ishlariga to‘liq shay holatga keltirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.