Markaziy Osiyo davlatlari yangiliklari
06.03.2024
|
158
Jiddada Tojikiston va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Jidda shahrida Tojikiston va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlari – Sirojiddin Muhriddin va shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Tojikiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi ikki tomonlama va koʻp tomonlama munosabatlarga oid masalalar hamda ikki davlat oʻrtasida turli sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash yoʻllari muhokama qilindi.
Ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tomonlar mavjud barcha imkoniyat va mexanizmlardan foydalanishi, joriy yilda qator qo‘shma tadbir va uchrashuvlar tashkil etishi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, Tojikiston va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar idoralari rahbarlari dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar, jumladan, Falastindagi keskin vaziyat yuzasidan fikr almashdilar.